DV LOTAREYASI ELEKTRON TO'LDIRISH NAMUNASI Shakl: DS-5501 (DV-2021 yilgi tanlov)

Birinchi qism - Ariza beruvchining ma'lumotlari

1. Ism
2. Jinsi
 
 
3. Tug'ilgan sanasi
4. Siz tug'ilgan shahar

Faqatgina tug'ilgan shahringizni kiriting. Viloyat / Tuman / Provinsiya / Shtatni kiritmang.

Tug'ilgan shahringiz

5. Siz tug'ilgan davlat
DV Dasturiga Qatnashish Huquqiga Ega Davlatlar
Ushbu dasturda qatnashishingiz siz tug'ilgan mamlakatning dastur doirasiga kirishi bilan belgilanadi. Sizning dasturda ishtirok etishingiz yashayotgan mamlakatingizning dasturda ishtiroki bilan belgilanmaydi. Agar siz DV dasturida ishtirok etish huquqiga ega bo'lmagan mamlakatda tug'ilgan bo'lsangiz, iltimos, sizning davlatingizda mavjud bo'lgan boshqa usullar bilan tanishish uchun Davlatlarning Muvofiqligiga doir Tushuntirishlar bo'limiga o'ting.
Siz tug'ilgan mamlakatingizga ko'ra dasturda qatnashyapsizmi?
Aks holda siz qaysi davlat nomidan dasturda ishtirok etayotganingzni kiritishingiz kerak
7. Pasport
DV vizasi dasturiga ariza topshirish uchun, siz hozirda fuqaroligingiz davlatining haqiqiy, tugallanmagan pasportiga ega bo'lishingiz shart, agar bundan mustasno bo'lmasa (pastga qarang). Iltimos, A yoki B ga javob bering.

A) Pasport ma'lumotlari

Pasportdagi ism:

Pasport raqami

Pasportning amal qilish muddati:
Berilgan davlat / hokimiyat

B) Pasportdan ozod qilish

Agar men keyinchalik pasport talabidan ozod qilinmasam, meni DV vizalari dasturidan chetlatishim mumkinligini tushunaman.
8. Ariza beruvchining fotosurati

Fotosuratlar elekron DV arizasini to'ldirish paytida taqdim etilishi kerak. Birorta talabga mos kelmagan fotosuratlar, shu jumladan fotosuratlar yetarlicha yoritilmaganligi, orqa fonning boshqa rangda bo'lishi va belgilangan hajmdan ortiq bo'lishi arizaning rad etilishiga olib keladi. Yuz ko'rinishida o'zgartitish kiritilgan har qanday fotosuratlar butun arizaning bekor qilinishiga sabab bo'lishi mumkin. Fotosurat namunalarini ko'rish uchun Fotosurat Namunalari sahifasiga o'ting

Raqamli tasvirlar uchun belgilangan texnik va umumiy xususiyatlarni bilish uchun 2020-yilgi Turli Millat Vakillari uchun Immigratsion Vizalar dasturi (DV-2020) yo'riqnomasiga qarang.

Siz quyidagi usullar orqali fotosuratingizni elektron DV arizasiga joylashingiz mumkin:

  • Yangi raqamli fotosuratga tushing,
  • Fotosuratni skayner qilish uchun raqamli skaynerdan foydalaning.

Surat ko'rsatmalari / Surat namunalari sahifasiga kiring

"Yangi fotosuratni tanlash" tugmasini bosish orqali siz fotosuratni qidirishingiz va tanlashingiz mumkin. Suratni tanlaganingizdan so'ng, fayl nomi va fotosurat ko'rsatiladi. Agar boshqa rasmni tanlagan bo'lsangiz, yangi faylni tanlash uchun "Yangi fotosuratni tanlash" tugmasini bosing.

Yangi fotosuratni tanlang
9. Pochta manzili
10. Siz hozirda yashayotgan davlat
11. Telefon raqami
12. Elektron pochta manzili
(Eslatma: Siz kiritgan ushbu elekron pochta manzili agar siz tanlovda g'olib bo'lsangiz, sizni qo'shimcha ma'lumot bilan ta'minlash uchun ishlatiladi.)
13. Bugungi kungacha erishgan eng yuqori ta'lim darajangiz qanday?
Siz Turli Millat Vakillari uchun Immigratsion Vizalar dasturiga loyiq deb topilishingiz uchun eng kamida to'liq ikki yillik ta'lim olganingiz haqida o'rta maktab diplomiga (unga muqobil ta'lim kurslari yoki kasb-hunar maktab dimlomlari qabul qilinmaydi) yoki biror kasb egasi sifatida ikki yillik ish tajribasiga (kasb malakangiz dastur uchun muqobilligini tekshirish uchun http://www.onetonline.org/ saytiga tashrif buyuring) ega bo'lishingiz lozim.
14. Oilaviy ahvolingiz qanday?
Qonuniy ajralish - bu er-xotinga sud tomonidan alohida yashash majburiyati yuklangan, ammo nikoh bekor etilmagan holat hisoblanadi. Agar sizning turmush o'rtog'ingiz sizdan sud qarori asosida ajratilgan bo'lsa, u siz bilan birgalikda DV dasturi orqali keta olmaydi. Agar siz qonuniy ajratilgan turmush o'rtog'ingiz haqidagi ma'lumotlarni kiritishni tanlasangiz ham, siz hech qanday jazoga tortilmaysiz.
Agar siz sud qarori bilan qonuniy ravishda ajralmagan bo'lsangiz, ammo Turli Millat Valikllari uchun Viza dasturiga ariza topshirishdan oldin ajrashishni rejalashtirgan bo'lsangiz ham arizada turmush o'rtog'ingiz ismini keltirib o'ting. Aks holda, siz dasturdan chetlashtirilasiz.
Agar sizning turmush o'rtog'ingiz AQSh fuqarosi yoki doimiy qonuniy rezident bo'lsa, uni arizangizda ro'yxatdan o'tkazmang.
15. Bolalar soni
Bolalar qatoriga ariza to'ldirilgan kungacha 21 yoshga to'lmagan yoki turmushga chiqmagan o'gay farzandlaringiz, qonuniy asrab olgan farzandlaringiz hamda o'zingizning haqiqiy farzandlaringiz kiradi. siz arizada dasturga loyiq barcha farzandlaringizni, hatto ular siz bilan yashamasa yoki sizning qarindoshingiz sifatida DV dasturida ishtirok etishni xohlamasalar ham kiritishingiz lozim. Aks holda, siz dasturdan chetlashtirilasiz. Agar farzandingiz AQSh fuqarosi yoki AQSHning doimiy qonuniy rezident bo'lsa, uni arizangizda ro'yxatdan o'tkazmang.